EduCore
Taʼlim markazlari uchun oʻquv jarayonini boshqarish tizimi: kurslar, guruhlar, davomat va natijalar bir joyda.
Men Abdusalom Sharifov — Software Engineer va Digital Solutions Builder.
Veb ilovalar, AI asosidagi tizimlar, avtomatlashtirish, taʼlim platformalari va real biznes muammolarini hal qiluvchi raqamli mahsulotlar yarataman.
~$ npx create-next-app@latest portfolio> Building your future... Done.> Modullar: [HTML, CSS, JS, React, AI]> 60 dars · 5 loyiha · 20 hafta✓ Barcha testlar muvaffaqiyatli oʻtdi.$ npm run dev

Abdusalom Sharifov — Software Engineer, veb dasturchi va raqamli mahsulot quruvchi. Ishimning markazida bitta savol turadi: bu muammoni qanday qilib ishlaydigan tizimga aylantirsa boʻladi?
Veb platformalar, avtomatlashtirish tizimlari, Telegram botlar va mini-ilovalar, nashriyot jarayonlarini avtomatlashtirish, taʼlim platformalari, ish topish tizimlari, AI vositalar, biznes saytlari va ichki boshqaruv panellari ustida ishlaganman.
Kod men uchun maqsad emas — vosita. Asosiysi: gʻoya real foydalanuvchiga yetib boradigan, oʻlchanadigan va oʻsadigan mahsulotga aylanishi.
Muhandislik taʼlimi — tizimli fikrlash va muhandislik yondashuvi asosi.
IT CENTER — Yaypan filiali
Zamonaviy veb platformalar va biznes tizimlari — loyihalashdan ishga tushirishgacha.
AI asosidagi jarayonlar, botlar va takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtirish.
Gʻoyadan ishlaydigan raqamli mahsulotgacha: arxitektura, interfeys, ishga tushirish.
Zamonaviy oʻquv platformalari, kurs tizimlari va taʼlim ekotizimlari.
CRM, dashboard, ichki boshqaruv va ish oqimi tizimlari.
Premium saytlar va raqamli identitet — brendni toʻgʻri koʻrsatadigan.
Taʼlim markazlari uchun oʻquv jarayonini boshqarish tizimi: kurslar, guruhlar, davomat va natijalar bir joyda.
Raqamli mahsulot loyihasi — foydalanuvchi oqimi, boshqaruv paneli va integratsiyalar bilan.
Innovatsion loyihalar uchun platforma: kontent boshqaruvi, foydalanuvchi kabinetlari va admin panel.
Toʻliq marketpleys: sotuvchi, kuryer va mijoz oqimlari, ombor, kassa, promo-kodlar va analitika bilan admin panel.
Maqolani tayyorlashdan jurnalga topshirishgacha boʻlgan texnik jarayonda hamrohlik qilaman: formatlash, jurnal tanlash, OJS orqali submission, DOI, metamaʼlumot va XML nashr.
Maqola tuzilishi, tili va texnik formatini xalqaro talablarga moslashtirish.
Mavzuga mos, qamrovi va talablari toʻgʻri keladigan jurnallar roʻyxati.
Submission paketini toʻliq yigʻish va tahririyat talablariga tekshirish.
Open Journal Systems platformasida bosqichma-bosqich yuklash.
Maqolaga raqamli identifikator biriktirish jarayoniga koʻmak.
Maqolaning indekslanishi uchun metadata sifatli toʻldiriladi.
Maqolani mashina oʻqiy oladigan nashr formatiga keltirish.
Topshirgandan keyingi bosqichlarda texnik hamrohlik.
Diqqat: nashr etilishi haqida kafolat berilmaydi. Maqolani qabul qilish yoki rad etish qarori faqat jurnal tahririyati va retsenzentlarga tegishli. Men texnik tayyorgarlik, hujjatlashtirish va topshirish jarayonida koʻmak beraman.
Biznes saytlari, veb ilovalar va platformalar — loyihalashdan deploygacha.
Mavjud mahsulotga AI funksiyasi: matn, tahlil, yordamchi, qidiruv.
Qoʻlda bajariladigan takrorlanuvchi ishlarni tizimga oʻtkazish.
Bot, mini-ilova, toʻlov va kabinet — Telegram ichida toʻliq oqim.
Mijozlar, xodimlar, toʻlovlar va hisobotlar uchun boshqaruv paneli.
Kurs platformasi: darslar, testlar, davomat, sertifikat va CRM.
Bir sahifali yoki koʻp sahifali premium sayt — tez va SEO ga tayyor.
Arxitektura, stek tanlash, mavjud loyihani audit qilish.
Taʼlim, marketpleys va avtomatlashtirish yoʻnalishida mahsulotlar qurish; SharifovWeb Academy platformasini rivojlantirish.
Marketpleys, Telegram mini-ilovalar, mobil ilova va admin panellar: PHP/MySQL dan Next.js va Supabase ga oʻtish.
IT CENTER Yaypan filialida frontend yoʻnalishi boʻyicha dars berish, oʻquv dasturini tuzish.
AI vositalari, yangi stek va arxitektura yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish.

Birinchi maqolalar tayyorlanmoqda. Development, AI, avtomatlashtirish va raqamli transformatsiya boʻyicha yozib boraman.
Mavzu taklif qilish5 oylik amaliy kurs: 60 dars, 5 loyiha, har darsda vazifa va test.
Yoʻnalishlarni koʻrishGʻoyangiz bormi? 20 daqiqalik suhbatda texnik yoʻlni birga aniqlaymiz.
YozishGʻoya, loyiha yoki raqamli yechim talab qiladigan muammo boʻlsa — gaplashaylik.